Men ko‘pqavatli uylarda turaman. Qo‘shnimning wifi kodini bilib olib, undan foydalanishim to‘g‘rimi? Lekin ruxsat so‘ramaganman.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Qandaydir yo‘l bilan wifi kodini bilib olib, ruxsatsiz ishlatishingiz to‘g‘ri emas. Albatta, ruxsat olib ishlating. Payg‘ambarimiz Rasululloh sollollohu alayhi vasallam shunday deganlar:
لا يحل مال امرئ مسلم الا عن طيب نفسه رواه احمد
“Musulmon kishining moli boshqaga halol emas, magar, o‘zi rozi bo‘lib, ko‘nglidan chiqarib bersagina halol bo‘ladi”. (Imom Ahmad rivoyati).Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.