OLDI SOTDI

ID: 3120

08.10.2025

107

Savol:

Maishiy texnikalarni muddatli toʻlovga olsa boʻladimi bank bilan u hamkorlikda ishlashi mumkin men uni olsam riboga aralashib qolmaydimi

Javob:

Maishiy texnikalarni muddatli to‘lovga sotib olish shar’an joiz, bunda savdogar texnikani o‘z egaligiga olib, ustiga ma’lum bir foyda qo‘yib, sizga aniq bir narxda nasiyaga sotadi. Bu savdoda narx, to‘lov muddati va oylik to‘lov miqdori oldindan aniq kelishib olinishi va o‘zgarmas bo‘lishi shart. To‘lov kechikkani uchun penya yoki jarima qo‘llanilmasligi lozim.

Agar bu jarayonga bank aralashsa, e’tiborli bo‘lish kerak. Bank texnikani sotib olib, o‘z egaligiga o‘tkazib, keyin sizga nasiyaga sotsa, bu joiz. Ammo bank sizga mahsulot uchun qarz berib, uning ustidan foiz olsa, bu ribo, ya’ni sudxo‘rlik hisoblanadi va shar’an durust emas. Shu sababli, shartnomani diqqat bilan o‘rganib, bankning roli sotuvchi ekaniga amin bo‘lish zarur (biroq, hozirgi kunda yurtimizdagi banklarda xarid qilish huquqi yo‘q).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar