Qushning tezagi tekkan kiyimda namoz oʻqisa boladimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Qushlar ikki turli bo'ladi. Ulardan to'ti, bedana, chumchuq kabi go'shti eyiladigan qushlarning tezagi pok hisoblanadi. Kiyim yoki badanga tegsa, biror narsa bilan artib tashlab, namoz o'qish mumkin. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning ustilariga kabutar tezak tashlaganda, artib tashlab, namoz o'qiganlar. Ammo lochin, burgut kabi go'shti eyilmaydigan qushlarning tezagi esa engil najosat hisoblanadi, uni esa юvish kerak bo'ladi. Vallohu a'lam.