Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ayol kishi mahramsiz, voyaga etmagan o'g'il farzandlari bilan samolyotda mahrami oldiga borishi joizmi?
Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, safar masofasiga yo'l olgan ayol uchun, transport turidan qat'i nazar, yonida balog'atga etgan mahrami bo'lishi shart. Voyaga etmagan farzand mahram o'rniga o'tmasligi sababli, bu holatda safarga chiqish joiz emas. Vallohu a'lam.