VOQEA VA MULK SURALARINI YODDAN YOKI KITOBDAN O'QISH

ID: 4905

08.12.2025

107

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bilamizki, Voqea va Taborak (Mulk) suralarining xosiyatlari va ularning barakotlari haqida ko'p gapiriladi. Shu suralarni namozdan keyin o'qisa, qabr azobi va kambag'allikni ko'rmaydi, deyishadi. Shuni yoddan o'qish kerakmi yoki kitobdan (mushafdan) o'qisa ham hisobmi? Oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Hadisi shariflarda bu suralarni, har kecha o'qishga targ'ib qilingan bo'lib, ularni yoddan yoki mushafga qarab o'qishning farqi yo'q. Asosiysi tilovat qilishdir. Shu bois kitobdan o'qisangiz ham, inshaalloh, va'da qilingan ajr va fazilatlarga erishasiz. Hatto mushafga qarab o'qishda tilovatdan tashqari, unga nazar solish uchun ham qo'shimcha savob bor. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar