Voqea surasini 40 kunda oʻqish har kunni soni boʻyicha oʻqiladi deyilgan 1 kun 1 ta 2 kun 2 ta 3 kun 3 ta 40 kun 40 ta umumiy 40 kunda oʻqilgan soni 818 martani tashkil qiladi buni amalga oshishi soni bilan ham bogʻliqmi yoki har kuni 50 tadan bomdoddan keyin oʻqilsa amalga oshishi aniq va kuchliroq boʻladimi
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda bunday ko'satma kelmagan. Ya'ni voqea surasini 40 kun davomida muayyan adadda o'qilsin, yoki shunday qilinsa hojatlari ravo bo'ladi, kabi gaplar birorta ham ishonchli manbalarda zikr qilinmagan. Albatta shom namozidan keyin to subh kirgunicha voqea surasini bir marta to'liq o'qib yurgan odam kambag'allik ko'rmasligi haqida mashhur sahobiy Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis bor. Lekin mazkur hadisda bir marta o'qish haqida gap boradi.Shuning uchun Voqea surasini 40 marta o'qish haqidagi to'qima rivoyatlarga ishonish va amal qilish, yoki ularni boshqalarga tarqatish joiz bo'lmaydi. Vallohu a'lam.