Assalomu alaykum. Agar xufton namozidan keyin tahajjudga turish niyati bo'lmay, vitr vojib namozi o'qib olingan bo'lsa, tonga yaqin uyg'onib tahajjud namozini o'qisa bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Ha, vitr namozini o'qib bo'lgandan keyin ham tunda uyg'onib, tahajjud namozini o'qish joiz va buning karohiyati yo'q. Faqat shuni bilish lozimki, agar vitr namozi avvalroq o'qilgan bo'lsa, tahajjuddan keyin uni qayta o'qish mumkin emas, chunki bir kechada ikki marta vitr o'qilmaydi.
Eng afzali, agar kishi tunda uyg'onishiga ishonsa, vitrni tahajjuddan keyinga qoldirishidir. Biroq sizning holatingizda o'qilgan tahajjud namozi ham durust bo'laveradi. Vallohu a'lam.