Assalomu aleykum, vitr namozini uyda jamoa bilan ukish mumkinmi, ramazon dan tashkari? Javobingiz uchun raxmat
Va alaykum assalom. Vitr namozi faqatgina Ramazon oyida jamoat bilan o‘qiladi, xolos. Boshqa oylarda jamoat bilan o‘qilmaydi. Ulamolar bunday qilish makruh hisoblanadi deyishgan. Vallohu a’lam.