VITR NAMOZI

ID: 2823

25.09.2025

273

Savol:

Assalomu alaykum. Xufton namozidan keyin hech qancha vaqt oʻtmay vitr namozini oʻqish joizmi. Ozgina vaqtdan keyin vitrni oʻqish kerakmi yoki xuftonni oʻqib darrov vitrni oʻqiymanda. Bu toʻgʻrimi?

Javob:

Xufton namozidan so‘ng vitrni darhol o‘qish joiz, orada ma’lum vaqt kutish shart emas. Shu sababli, sizning xufton farzi va sunnatidan keyin vitrni o‘qib olishingiz to‘g‘ri. Biroq, kechasi turib tahajjud o‘qimoqchi bo‘lgan kishi uchun vitrni kechaning oxiriga qoldirib, tahajjuddan so‘ng o‘qishi afzalroq sanaladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar