Men veb dasturlash sohasini o‘rganmoqchiman va ishlamoqchiman. Bu soha halolmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu sohani halol yoki haromligi qanday dastur tuzishingizga bog‘liq. Agar yaxshilikka, halollikka asoslanib din va xalq ravnaqi uchun xizmat qilsa, bu ish bilan shug‘ullanish targ‘ib etiladi. Quyidagi oyati karimani qoida sifatida doimo yodda tutish lozim:
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ
ya’ni: “Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz(o‘zaro bir-biringizga yordam bering), gunoh va adovat yo‘lida hamkorlik qilmangiz” (Moida surasi 2-oyat).
Har qanday ish taqvo va yaxshilik uchun bo‘lsa, uni amalga oshirish nafaqat halol, balki savobli amal sanaladi. Agar gunohga olib boradigan bo‘lsa, unga yaqinlashmaslik zarur. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.