Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bir inson ertalab Bomdod namozi chiqishiga 10 daqiqa qolganda uyg'ondi va tahorat qilmasdan, юz-qo'lini юvib Bomdod namozini ado etdi (agar tahorat qiladigan bo'lsa, Bomdod namozi vaqti o'tib ketishidan qo'rqib qilgan). Savolim shuki, bu o'qilgan namoz qabul bo'ladimi? Alloh sizlardan rozi bo'lsin, amin.
Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Ushbu holda o'qilgan namoz durust bo'lmaydi. Chunki namoz qabul bo'lishi uchun tahoratning barcha farzlari to'liq bajarilishi shart. Fiqhga ko'ra, suv bor bo'la turib, vaqt chiqib ketishidan qo'rqqan taqdirda ham tahoratni chala qilish yoki tayammumga o'tishga ruxsat yo'q. Shuning uchun, endi to'liq tahorat olib, o'sha namozni qazo niyatida qaytadan o'qish shartdir. Vallohu a'lam.