Assalomu alaykum. Biz birovning kvartirasida ijarada yashaymiz. Qachondir u yerdan ketadigan bo‘lsak va o‘zimizniki bo‘lgan biron uy jihozini savob umidida bizdan keyin keladigan kimdir foydalanishi uchun uy egasiga tayinlab qoldirib ketsak bu narsa vaqf hisoblanadimi?
Va alaykum assalom. Yo‘q bu vaqf bo‘lmaydi. Bu ehson, hadya, sovg‘a bo‘ladi. “Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlashdir”. Ya’ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvchining mulkidan chiqadi va Alloh mulkiga aylanadi. Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvchi uni vaqf etishda tayinlagan jihatga (masalan, talabalar, musofirlar, kambag‘allar kabi) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga abadiy bo‘ladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bo‘lmaydi.