VAFOT ETGAN KISHINING QARZINI QAYTARISH

ID: 5063

12.12.2025

43

Savol:

Assalomu alaykum. Mening ammamdan qarzim bor edi. Ammam olamdan o'tdilar. Turmushga chiqmaganlar, farzandlari yo'q. Bo'ynimdagi qarzimdan qanday qutulsam bo'ladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Mayyit vafot etgach, undagi barcha haqlar, jumladan, sizning qarzingiz ham uning merosiga aylanadi. Ammamgizning farzandi yo'qligi sababli, ushbu mablag'ni uning shar'iy merosxo'rlari kim ekanini aniqlab, o'shalarga taqsimlab berishingiz lozimdir. Ular mayyitning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari yoki ularning farzandlari bo'lish ehtimoli bor. Merosxo'rlarni to'g'ri belgilash va haqni adolatli taqsimlash uchun o'zingizga yaqin erdagi ahli ilmdan maslahat olishingizni tavsiya qilamiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar