MASJIDGA TALUQLI

ID: 2037

21.08.2025

156

Savol:

Masjid ichida salomlashish va ko‘rishish mumkin emasmi. Bir masjid Imomidan eshitdim shu to‘g‘rimi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Masjidda namoz o‘qish, qiroat qilish va azon aytish bilan mashg‘ul bo‘lmagan kishilarga o‘zlari eshitadigan darajada salom berish mumkin, kimdir salom bersa, unga o‘zi eshitadigan qilib javob qaytarish ham mumkin. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, masjidlar Alloh taologa ibodat qilish va Uni ulug‘lab zikr qilish uchun bino qilingan, u joyda turli bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirmaslik, salomlashish ham shunday gap so‘zlarni boshlashga debocha bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar