Assalomu alaykum. Юmshoq o'yinchoq ishlab chiqaramiz. Hozirgi kunda o'yinchoq юtib oladigan o'yin apparatlari ko'paydi. Shu sababli xaridorlarimiz asosan shu apparat egalaridan tashkil topgan. Agar bu o'yinda qimor alomati bo'lsa, biz ularga o'z o'yinchoqlarimizni sotishimiz joizmi?
Vaalaykum assalom. Hozirgi kunda keng yoyila boshlagan, tutqich shaklidagi o'yinchoq юtish apparatlari qimor hukmida bo'lgani uchun, ularga mahsulot etkazib berish gunoh ishni rivojlantirishga yordam berish hisoblanadi. Shu bois, xaridor o'yinchoqni aniq qimor uchun ishlatishini bilsangiz, ularga sotish joiz emas. Vallohu a'lam.