Assalomu alaykum, ustoz. Ehtilom bo'lgandan so'ng bir oz vaqt o'tkazib, hojatxonaga ham bir necha marta borib (ya'ni maniydan butunlay xalos bo'lgandan so'ng) g'usl qilgach, ayniqsa qish mavsumida peshob chiqib ketgandek tuюlsa yoki rostdan ham chiqib ketsa, g'usl buziladimi?
Vaalaykum assalom. Yo'q, bunday holatda g'usl buzilmaydi, ya'ni qayta g'usl qilish vojib emas. Peshob chiqishi natijasida faqat tahorat sinadi, xolos. Shunga ko'ra, namoz o'qish uchun avratni юvib, yangitdan tahorat olishning o'zi etarli bo'ladi. Vallohu a'lam.