UZRLI HOLATDA MASJIDGA KIRMASLIK

ID: 167

04.04.2025

19

Savol:

Umraga borgan ayol uzrli holatda masjidga kirmasligi kerakligini bildim. Savolim shuki, mutlaq masjid hududiga kirmaydimi yoki masjid binosigami?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Masjidun nabaviy va masjidul haromning sahni masjid hududidan yoki hududidan emasligi borasida ulamolar orasida ixtilof bor bo‘lib, aksar ulamolar sahn masjid hududidan emas, deganlar.

Qolaversa, “Tanvirul absor” kitobida ushbu masala borasida quyidagicha keltirilgan:

اما(المتخذ لصلاۃ الجنازۃاو عید)فھو(مسجد فی حق جواز الاقتداءلافی حق غیرہ فحل دخولہ لجنب  وحائض)

"Ammo masjidning janoza yoki iyd namozlari uchun ajratilgan qismi o‘sha joydan iqtido qilish joizligi borasida masjid hukmidadir. Iqtidodan boshqa narsada masjid hukmidan emas. SHuning uchun junub va hoiza ayollarning o‘sha hududga kirishi halol bo‘ladi".

"Roddul muhtor" kitobi muallifi "Durrul muxtor" kitobidagi كفناء مسجد deb keltirilgan ibora sharhida:

حل دخوله لجنب ونحوه

"Masjid hovlisiga junub va shu kabilarni kirishligi halol bo‘ladi", deganlar. Demak, xulosa qilib aytanda hayz ko‘rgan ayol masjidning binosiga kirmasdan uning sahnida zikr tasbeh, duoyu istig‘for kabi ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin ekan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar