Assalomu alaykum. Men uyqudan turganimda ichki kiyimim namligini bildim, lekin hech qanday shahvat kelgani yo'q, maniyning alomatlari, izi, rangi, hidi yoki shilmshiqlik ham yo'q. Faqat nam. Bu terlashmi yoki g'usl olish kerakmi?
Va alaykum assalom. Ibodat masalasida ehtiyotkorlik zarur bo'lgani uchun, uyqudan turganda kiyimda noma'lum namlik ko'rgan kishiga g'usl qilish vojib bo'ladi. Garchi maniy alomatlari sezilmasa ham, vaqt o'tishi bilan harorat ta'sirida uning ko'rinishi o'zgargan bo'lishi mumkinligi e'tiborga olinadi. Shu bois, ibodatingiz shubhadan xoli va mukammal bo'lishi uchun g'usl olishingiz maqsadga muvofiqdir.
Umumiy olganda, bu masalada quyidagi holatlar bo'lishi mumkin:
Ibodat bobida masalaning ehtiyoti olingani uchun chiqqan namlik maniy bo'lgan va tana harorati bilan o'zgarishga uchragan, deyiladi. “Uyqudan turgan kishi kiyimida maniy yoki maziyni ko'rsa, unga g'usl vojib bo'ladi” (“Muxtasarul viqoya”, “Al-Muxtor lil fatvo”). Vallohu a'lam.