UYNI QIBLAGA QARATIB QURISH KERAKMI?

ID: 866

04.04.2025

26

Savol:

Uyni qiblaga qaratib qurish kerakmi? Bu haqida dinimizda nima deyilgan?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Uyni qiblaga qaratib qurish haqida dinimizda biror ko‘rsatma kelmagan. Bu asosan yoshi kattalarimizning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan tavsiyalardan bo‘lsa kerak. Chunki, uyni qiblaga qaratib qurishdan maqsad namozda qibla yo‘nalishiga uy bilan birga to‘g‘ri (parallel) yuzlanib turish hamda o‘sha uyda o‘tirganda qiblaga yuzlanib o‘tirish ko‘zlangan bo‘lishi mumkin. Zero, Qibla Allohning shiorlaridan biridir. Qiblani ulug‘lash maqsadida unga qarab o‘tirish ham ibodat sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ ۝  

ya’ni: "...Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, albatta, bu qalblarning taqvosidandir" (“Haj” surasi, 32-oyat).

Qolaversa, ko‘pchilik bizning mintaqamizda qiblaga qaratib qurilgan uylar qishda nisbatan iliq, yozda esa biroz salqin bo‘lishini ta’kidlashadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar