Assalomu alaykum Menda 3 yil oldin 85 gram tillo miqdoridan ortiq pul bor.U pulni yer sotib xovli sotib olish maqsadida yig’ib kelayapman.Xozirda yashab turgan uyim davlatdan kreditga olingan 45 m2 uy.Men ishlayman qaramog’imda ayolim va 1 yoshdan oshgan o’glim bor.Har oy 2,2 mln kredit tolayman 20 yil to’layman.Xozirda o’z extiyojlarimdan tejab yashash uchun uy sotib olish uchun yig’gan pulim 246 mln bo’ldi.Men shu puldan zakot beramammi.Yoki kreditga olgan uyimni yig'gan pulimdan to'laganim avzalmi.
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Siz albatta zakot berasiz. Kreditdan qarzingiz bo'lsa, bir yil ichida to'lanadigan qismini (12*2.2 mln=26 400 00) ayirib tashlab, qolgan puldan zakot berasiz. 246 mln – 26 400 000 = 219 600 000 so'mdan zakot berishingiz kerak. Shuningdek, avvalgi yillar uchun ham zakot berishingiz lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.