Biz ustachilikda sherikchilikda ishlemiz shunda ish topkan ustamiz bizdan 10 foiz alohida koʻp oladi shu haqida
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ustalar uchun ish joyi topib berish va shuning uchun bir martalik haq olish joiz. Bu holatda ustalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchi bilan bitim tuzadilar. Lekin ustalarga bir marta ish topib berib, har oyligidan ma’lum foiz haq olib turish halol emas. Chunki bu hech qanday xizmat qilmasdan haq olish bo‘ladi. Agar bir kishi buyurtmachidan ma’lum bir ishni aniq bir narx barobariga qabul qilib olsa va shu ishni qilishga usta yollasa, bu ikkita alohida bitim hisoblanadi. Masalan, 100 ga qabul qilib olgan ishini ustalarga 80 ga qildirsa, 20 foydasi unga halol. Ustalarni pulini u to‘laydi, unga buyurtmachi to‘laydi. Vallohu a’lam.