Assalomu alaykum. Men sug‘oriladigan davlat yerida anor bog‘ tashkil qilgandim. Ushurni qanday beraman? Nasos bilan sug‘oriladigan yerdan qanday beriladi? Oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Dala joylarda ekinlarni sug‘orish yomg‘ir va anhorlar suvi bilan bo‘lganda, yerdan chiqqan hosilning o‘ndan birini beriladi. Ekinlarni sug‘orishda mablag‘ evaziga yoki suv chiqaradigan asboblar bilan bo‘lgan bo‘lsa, yigirmadan biri beriladi. Vallohu a’lam.