URTAKASHLIK

ID: 3493

21.10.2025

40

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh shayx hazratlari,savolim shuki hozirgi kunda qurilish ishlarida ishlaydigan joylarda bosh usta yoki ish topib bergan odam 10 foiz oladi,yoki oylik beradi, lekin pulni bo‘layotganda teng boladida keyin bu mening ulushim degandek 10 foiz olib qoladi,bazigi bolalarga esa oylik beradi,masalan u bola 10mliionga ishlagan bolsa unga 6-7 million beradi,u ishchini ustidan 4-5million foydalanadi,shu halol boladimi yoki xarom,bazi xolatlarda jami pulni yashiradi,shu xalolmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ish topib bergani uchun bir martalik haq olsa, joiz bo‘ladi. Chunki dallollik evaziga haq olishni fuqaholarimiz joiz deyishgan. Ammo “Sen shu yerda qancha ishlasang, har oyligingdan menga shunchadan berib turasan”, deb, har oy haq olishi mutlaqo halol bo‘lmaydi. Zero uning xizmati ish topib berish bilan yakuniga yetgan bo‘ladi. Undan keyin oladigan puli hech bir evazsiz (mehnatsiz) olingan bo‘ladi. Bu esa unga halol bo‘lmaydi. Lekin ish topib berayotgan shaxs boshqaga yordam berish, ishsiz yurganning hojatini chiqarish maqsadida pul olmasdan shu ishni qilsa, katta ajrga ega bo‘ladi. Bosh usta masalasiga kelsak, agar shu odam ishni topshirish va ish beruvchidan pulni olib berishga mas’ul bo‘lsa bu ishdan haq olishi mumkin. Masalan ish beruvchidan har kvadratini falon so‘mdan qabul qilib, ishlovchilar bilan arzonroq baholab kelishsa va o‘rtada tomonlarga zimmador bo‘lib turib haq olsa joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar