YASIN SURASI

ID: 6859

01.02.2026

194

Savol:

Yasin surasi bir oq listga yashil yoki qizil rangli yozuv bilan yozilgan va yozilgan bitta listni bir litr suvga solib ichsa shifo ekan bular kitob dökonlarida sotuvda bor savol bu ishlar tög‘rimi sotib olib qilsak böladimi xato ish emasmi tushuntirsangizlar raxmat

Javob:

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Va alaykum assalom. Agar Qur'oni Karim suralari yoki oyatlarini toza qog'oz yoki toza idishga za'faron kabi tabiy giyohlardan olingan ranglar yordamida yozilgan bo'lsa, ularni shifo niyatida suvga solib ichish mumkin. Ammo kimyoviy ranglar bilan yozilgan bo'lsa va inson salomatligiga ozgina bo'lsa ham, zarari tegadigan bo'lsa, bu ish joiz emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar