Assalomu alaykum! Men ko'p qavatli uylarning 1-qavatida istiqomat qilaman. Bizning uyimizga ichimlik sovuq suv uchun alohida nasos, uylarni isitish uchun alohida nasos o'rnatilgan va юqori qavatlarga chiqib-tushish uchun lift o'rnatilgan. Bu uchalasiga bitta hisoblagich qo'yilgan. Men birinchi qavatdaligim uchun liftdan umuman foydalanmayman. O'zimni uyim uchun alohida isitish o'rnatganim uchun issiqlik nasosidan foydalanmayman. Faqat sovuq suv nasosidan foydalanaman. Hozirda hisoblagich umumiy 5 million qarzdorlik chiqarib qo'ygan. Shu qarzdorlikni teng qilib hamma xonadonga taqsimlashyapti. Lekin men aytdim: "Faqat sovuq suv nasosi uchun pul beraman", deb. Ular: "Kemaga tushganning joni bir", deb javob berishyapti. Bu qanchalik to'g'ri? Mening ortiqcha haqqim qo'shnilar uchun harom bo'lib qolmaydimi?
Vaalaykum assalom. Ko'p qavatli uylardagi umumiy xarajatlar aholining ulardan foydalanish darajasiga qarab taqsimlanishi to'g'riroqdir. Agar oldindan barcha to'lovlarni teng bo'lishish haqida rasmiy kelishuv tuzmagan bo'lsangiz, birinchi qavatda yashab, lift va umumiy isitish tizimidan umuman foydalanmayotgan ekansiz, ularning elektr va boshqa sarf-xarajatlari uchun to'lov qilishga majbur emassiz. Vallohu a'lam.