UMRADA VIDOLASHUV TAVOFI BORMI?

ID: 180

04.04.2025

43

Savol:

Umrada ham vidolashuv tavofi bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yo‘q, "Tavofi vido" — vidolashuv tavofi faqat hajda vojib hisoblanadi. Umrada esa bunday vojib amal yo‘q. Umrada ehrom bog‘lash va baytni tavof qilish farz bo‘lib, Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilish va soch oldirish (yoki qisqartirish) vojib bo‘ladi. Umra qiluvchilar uchun tavofi vido yo‘q.

وطَوافُ الصّدرِ وهو طواف الوداع للآفاقِي من الحاج دون المعتمر

“Sadr tavofi vidolashuv tavofi bo‘lib, u miyqot tashqarisidan haj uchun kelganlarga vojibdir. Umra qiluvchilar uchun emas”. (Sharhi niqoya). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar