Assalomu alaykum hurmatli fatvo.uz dagilar sizlardan bir masala boʻyicha yordam soʻramoqchi edim. Men Samarqand-Toshkent yoʻnalishida taksi haydovchisiman kasbim taksilik koʻp hollarda kechasi yoʻlda boʻlamiz. Endi savol kechasi yoki kunduz kunida yoʻldaligimiz sababli hojatxona qidirib zaprafkalarga toʻxtaymiz asosan metan zaprafkalarda u yerdan biz gaz yoki benzin olmaymiz. Mashinam propan shu sababli metan zaprafkaga kirib faqat hojatxonaga kiramiz. Zaprafkalarni ayrimlarini hojatxonasi pulli ayrimlari tekin pullisiga pulini berib kiramiz tekiniga esa pul berishni iloji yoʻq shunga ikkilanib qolaman u yerdan gaz olmasam lekin hojatxonaga tekin kirib chiqganimga vijdonim qiynaladi shunga nima maslahat berasizlar. Oldindan kattakon rahmad.
Siz yoqilg‘i olmasangiz-da, ushbu shoxobchaning bepul hojatxonasidan foydalanishingiz joiz. Chunki mulk egasi hojatxonani bepul va umumiy qilib qo‘yishi bilan undan foydalanishga barchaga, jumladan, sizga ham o‘z roziligini bildirgan hisoblanadi. Biroq, har qanday shubhadan ko‘nglingizni xotirjam qilishni istasangiz, o‘sha yerdan suv kabi biror narsa sotib olib keting.