Islom dinimizda lahad qanday kovlanadi.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Mayyitni dafn qilish farzi kifoyadir. Qabrni lahad shaklida kovlanishi sunnatdir. Ya’ni, insonning gavdasi bo‘yicha chuqur kovlab tushilgandan keyin qibla tomondan lahad kovlanadi. Uning chuqurligi ko‘krak barobaricha bo‘lishi kerak. Agar undan chuqurroq bo‘lsa, yanada yaxshi. Eni yarim qomat, ya’ni bir metrga yaqin, uzunligi esa mayyitning qomati barobaricha bo‘lishi lozim.
Agar qabrni lahad shaklida kovlashga yerning yumshoqligi yoki qumli tuproq ekani sababli imkon bo‘lmasa, “shaqq” ko‘rinishida, ya’ni yorma qabr kovlab, dafn etish ham mumkin. Bunda ariq qazigandek yer ochiladi va ikki yoni xom g‘ishtlar bilan urib chiqiladi. Mayyit qo‘yilgach, ustiga tegmaydigan qilib yog‘och, taxta yoki shox-shabbalardan “shift” yasab, ustidan tuproq tortiladi.