UCH OY BIRGA YASHAMASA TALOQ TUSHADIMI

ID: 4320

19.11.2025

379

Savol:

Men hotinim bilan oilaviy kelishmovchilik sababli urishib qoldik hozir hotinim ota uyiga ketip qolgan. 6 oydan buyon birga yashamaymiz. Lekin urushgan vaqtimizda men unga taloq so'zini ishlatmagnaman uydan chiqip ket dep aytganman halos lekin taloq sifatida aytmaganman. Shunda taloq tushadimi. Lekin 3 oy er xotin bir bilan birga yashamasa taloq tushadi dep aytshgan edi. Ushbu gaplar rostmi Lekin men taloq so'zini ishlatmaganman.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizga ko'ra “Er-xotin uch oydan ortiq birga yashamasa, taloq tushadi”, - degan gap yo'q. Er taloq qilmagunicha yoki er-xotindan biri vafot etmagunicha ular bir oila sanalaveradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar