Krevetka dengiz mahsulotini iste’mol qilish mumkinmi?Javob uchun oldindan rahmat
Bismillahir rohmanir rohim. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh mazhablarida dengiz hayvonlaridan faqat baliqni eyish halol hisoblanadi. Qisqichbaqasimon hayvonlarni eyish halol emas. Aynan Krevetkani ba'zi hanafiy mazhabidagi xalqlar (masalan, Misrliklar) baliq, deb hisoblaganlari uchun uni eyishni halol sanaganlar. Lekin bizning urfimizda uni hech kim baliq demagan va shu sababli ulamolarimiz ham uni eyish durust emas deganlar. Vallohu a'lam.