Assalomu alaykum men yaqindan qondagi qand miqdorini avtomatik aniqlab turadigan sensordan foydalana boshladim. Bu sensor o'lchami 1000 so'mlik tangadek bo'lib, maxsus moslama yordamida qo'lning bilak qismiga, terining ustki qismiga o'rnatiladi. Bunda sensordagi igna mushak ichiga kiradi, sensorni o'zi teriga yopishib qoladi. Shu xolatda sensor 14 kun davomida turadi, va qondagi qand miqdorini xar bir minutda o'lchab, bluetooth orqali telefonga uzatib turadi. Xozirda sensorlarning turli modellari mavjud, masalan libre, sibionics, aidex. Sensor ko'chirib olinsa, qayta o'rnatib bo'lmaydi. Savolim shundan iboratki, shu xolatda, ya'ni sensor o'rnatilgan xolatda g'usl o'tadimi? Chunki sensor tagiga suv kirmaydi.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatning umumiy qoidasiga ko'ra, tahorat a'zolari (юz, qo'l, bosh va oyoq)ga suvni etkazish farz amal sanaladi. Alloh taolo aytadi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ “Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, юzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha юvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (юvingiz)!” (Moida surasi, 6-oyat).
Agar jarohat ustiga biror narsa bog'lansa yoki singan joyga taxtakach qo'yilsa, uning ustidan mash tortish mumkin bo'ladi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, boshi yorilgan bir kishi ehtilom bo'lib qolib, g'usl qiladi, jarohatidan suv kirib, vafot etadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga buning xabari etganda, U Zot: “Jarohatiga biror lattani siqib (yoki bog'lab) olib, tayammum qilishi, jarohat ustiga mash tortib, qolgan a'zolarini юvishi kifoya edi”, deydilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Bemorning qonidagi qand miqdorini o'lchaydigan, qo'lga yopishtirib olinadigan, teriga o'xshash jihozning hukmiga kelsak, agar bemorning holati – qonidagi qand miqdori keskin pasayib, to'satdan hushidan ketishga olib keladigan, bemor hayotiga xavf tug'diradigan o'tkir ko'rinishda bo'lsa, mazkur moslama jabira hukmida bo'ladi. Undan foydalanish zarurat bobidan hisoblanadi. Zero, jonni saqlash beshta zaruratdan biri bo'lib, uni muhofazasi shar'an vojib sanaladi. Ulamolar: "مَا لَا يَتِمُّ الوَاجِبُ إلَّا بِهِ فَهُوَ وَاجِبٌ" “Vojib amal nima narsa bilan mukammal bo'lsa, o'sha narsa ham vojibdir”, deya ta'kidlaganlar. Qondagi qand miqdoridan tezkor xabardor bo'lib turish – bemorga to'g'ri tashxis qo'yish va davolash imkonini beradi. Shuning uchun g'usl yoki tahorat paytida jihoz ustidan mash tortish joiz bo'ladi. Qondagi qand miqdorini ko'tarilib-tushishini davolashda tezkor tashxis lozim bo'lmagan holatlarda mazkur moslamani teriga yopishtirib olib, uning ustiga mash tortishda shar'iy uzr yo'q. Shuning uchun tahorat yoki g'usl paytida uni olib tashlash kerak bo'ladi. Vallohu a'lam.