Uzoq qarindoshim meni 2 oy ishlatib pulimni bermadi. Puli ko‘p, dunyoni sotib olishga yetadi. Ammo nochor odamlar haqqini bermaydi. Bu haqida dinimizda nima deyilgan?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mardikorning haqqini kechiktirmasdan tez to‘lashga targ‘ib qilganlar: “Mardikorning haqqini, uning (peshona) terisi qurimasidan oldin beringlar!” (Ibn Moja rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh taolo dedi: “Men Qiyomat kuni uch kishining dushmanidirman:
Mening nomimni o‘rtaga qo‘yib (biron narsa) olib, so‘ng xiyonat qilgan kishining;
Hur-ozod odamni sotib, so‘ngra pulini yegan kishining;
Va mardikorni ijaraga olib ishlatib, haqqini to‘liq bermagan kishining” (Imom Buxoriy rivoyati). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.