AKSIYALAR HAQIDA

ID: 2881

28.09.2025

174

Savol:

Bir kompaniya bilan shartnoma qilmoqchiman ya’ni kelishuvimiz shundan iboratki men kompaniyani masalan 10% aksiyasini sotib olaman va u kompaniya menga har oy daromadining 10% ni menga beradi va bir yil muddatdan so’ng bergan pulimni toʻliqligicha menga qaytarib beradi, shunda bir yillik shartnomamiz tugaydi. Shuni hukmi qanday javob uchun oldindan rahmat

Javob:

Bunday shartnoma tuzish shar’an joiz emas, chunki unda sherikchilikka zid shart mavjud. Islomiy sherikchilikda sarmoya foydaga ham, zararga ham sherik bo‘lishi kerak. Sizning holatingizda, bir yildan so‘ng sarmoyangizning to‘liq qaytishi kafolatlangani uchun bu bitim sherikchilik emas, balki qarzga aylanib qolmoqda. Qarz evaziga keladigan har qanday foyda esa shariatimizda ribo hisoblanib, harom qilingan.

Kelishuvning shar’iy to‘g‘ri shakli shuki, siz kompaniyaga aniq bir ulush bilan sherik bo‘lasiz va foyda kelishilgan nisbatda, zarar esa sarmoya miqdoriga qarab taqsimlanadi. Sarmoyangizning qaytishi kafolatlanmaydi. Shartnomani tugatish uchun, siz o‘z ulushingizni o‘sha vaqtdagi bozor qiymatida sotib chiqib ketasiz, bu qiymat siz kiritgan puldan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar