TUG‘ILGAN KUNNI NISHONLASH

ID: 924

04.04.2025

298

Savol:

O‘rtog‘imni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashim joizmi? Umuman tug‘ilgan kunni nishonlash haqida dinimizda nima deyilgan?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Tug‘ilgan kunni nishonlash yoki u bilan tabriklash joiz yoki nojoizligi borasida Islom ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Bunga asosiy sabab shu kuni dasturxonlar yozib, xursandchilik qilish kabi ishlar Islom ta’limotlarida ochiq oydin dalillar kelmaganidir. 

Bu borada bizga rojih bo‘lgan gap shuki, agar dunyoviy yig‘inlar va bayramlardan ko‘zlangan maqsad to‘g‘ri bo‘lsa, nomahram erkak va ayollarning aralashuvi hamda turli ma’siyatlardan uzoq bo‘linsa, bunday dunyoviy yig‘inlardan man etilmaydi. 

Shuningdek, musulmon kishiga tug‘ilgan kuni o‘tgan umrini sarhisob qilish, gunohlariga istig‘for aytish va kelajakda hayotini shariatga muvofiq o‘tkazishni rejalashtirishga bir fursatdir. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar