Assalomu alaykum. Islomda tug‘ilgan kun bayrami bormi? Uni nishunlash mumkinmi? Yana bir masala o‘rtoqlarm bilan anchadan beri biror joyda taomlanmagan edik shu tug‘ilgan kun bahona yeg‘ilyapmiz shuni ham bir ko‘ring
Tug‘ilgan kunni nishonlash yoki u bilan tabriklash joiz yoki nojoizligi borasida Islom ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Bunga asosiy sabab shu kuni dasturxonlar yozib, xursandchilik qilish kabi ishlar Islom ta’limotlarida ochiq oydin dalillar kelmaganidir.
Bu borada bizga rojih bo‘lgan gap shuki, agar dunyoviy yig‘inlar va bayramlardan ko‘zlangan maqsad to‘g‘ri bo‘lsa, nomahram erkak va ayollarning aralashuvi hamda turli ma’siyatlardan uzoq bo‘linsa, bunday dunyoviy yig‘inlardan man etilmaydi.
Shuningdek, musulmon kishiga tug‘ilgan kuni o‘tgan umrini sarhisob qilish, gunohlariga istig‘for aytish va kelajakda hayotini shariatga muvofiq o‘tkazishni rejalashtirishga bir fursatdir.