TUGʻILGAN KUN

ID: 2118

23.08.2025

55

Savol:

Tugʻilgan kun bilan tabriklash va nishonlash joyizmi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Tug‘ilgan kunni nishonlash yoki u bilan tabriklash joiz yoki nojoizligi borasida Islom ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Bunga asosiy sabab shu kuni dasturxonlar yozib, xursandchilik qilish kabi ishlar haqida Islom ta’limotlarida ochiq oydin dalillar kelmaganidir.

Bu borada bizga rojih (ustun) bo‘lgan gap shuki, agar dunyoviy yig‘inlar va bayramlardan ko‘zlangan maqsad to‘g‘ri bo‘lsa, nomahram erkak va ayollarning aralashuvi hamda turli ma’siyatlardan uzoq bo‘linsa, bunday dunyoviy yig‘inlardan man etilmaydi. Tug‘ilgan kunda ham shu qoidaga amal qilinsa, o‘zga din vakillarining odatlari qilinmasa, nishonlash joiz. Shuningdek, musulmon kishiga tug‘ilgan kuni o‘tgan umrini sarhisob qilish, gunohlariga istig‘for aytish va kelajakda hayotini shariatga muvofiq o‘tkazishni rejalashtirishga bir fursatdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar