Assalomu alaykum, hurmatli Fatvo Markazi ulamolari. Hozirda “Foreks” platformalarida XAU/USD (oltin va dollar juftligi) bo'yicha savdo qilishga qiziqayapman. Savdo swap-free (foizsiz) hisobda, leverage (qarz) ishlatmasdan, spot (darhol amalga oshadigan) tarzda bo'ladi. Shu holatda bu savdo shar'an joizmi?
Vaalaykum assalom. Tillo va dollar savdosi islom shariati ahkomlariga ko'ra durust bo'lishi uchun asosiy shart savdo o'sha zahoti qo'lma-qo'l amalga oshishidir. Foreksdagi spot savdosi ko'pincha haqiqiy tilloni olish bilan yakunlanmaydi, balki faqat narxlar farqi ustida amalga oshadi. Shunday ekan, haqiqiy yoki hukmiy qabz topilmagani uchun, bunday savdoni joiz deb bo'lmaydi. Vallohu a'lam.