To'yona yig'ishda go'shtga hisoblab qo'ysak ribo bo'ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Jumhur ulamolar qarzlarni qiymati nisbatan kam o'zgaradigan (go'sht, non kabi) maxsulotlarga bog'lab qo'yish joizmas, deyishgan. Zamonamizning etuk olimlaridan Muhammad Taqiy Usmoniy o'zlarining "Buhus fiy qazoyo fiqhiyya muosira" nomli kitoblarida shuni ixtiyor qilganlar va bunda ribo borligini aytganlar. Muhiddin Ali Qoradog'iy kabi ba'zi olimlar bu ishni joiz deyishgan.
Bu kabi masalalarda ehtiyot yo'lini tutgan afzal. Hazrati Umar raziyallohu anhu:
فدعوا الرِّبا والرِّيبةَ
ya'ni: "Riboni ham, (riboligida shubha bo'lganda) shubhani ham tark qilinglar", - deganlar. Vallohu a'lam.