TOVUQ GO'SHTINING HALOLLIGINI SURISHTIRISH

ID: 6591

26.01.2026

156

Savol:

Assalomu alaykum! Ustozlar, avvalgi savolimga berilgan javobdan tovuqlarni alohida «Bismillah» bilan so'yish kerakligini bildim. Savolim shuki, istalgan tovuq go'shtini surishtirib, donalab so'yilgani aniq bo'lgandan keyin eyiladimi yoki «musulmon юrtning go'shti halol» degan qoida bo'yicha surishtirmay esa ham bo'ladimi? Agar surishtirilsa, faqat donalab so'yilganini aniqlash kerakmi yoki patining ham to'g'ri shartlarda olinganinimi? Чunki ba'zilar patining 100 darajadan past haroratda юlinishi kerakligini bilishmasa kerak. Bu aniq shartmi yoki qo'shimcha fazl uchun parhezmi?

Javob:

Vaalaykum assalom! Agar siz yashab turgan musulmon o'lkada «Bismillah»ni tark qilish yoki fiqhga zid ravishda mashina orqali so'yish keng tarqalmagan bo'lsa, go'sht xarid qilishda bunday tafsilotlarni surishtirish shart emas. Albatta, taqvo юzasidan bunga aniqlik kiritish afzaldir.

Patini юlish uchun qaynoq suvga solmaslik esa, go'shtning halolligi uchun zarur shart hisoblanadi. Чunki qaynoq suvda ichaklari olinmagan tovuq ushlab turilsa, ichidagi najosatlar go'shtga singib, uni najas qilib qo'yishi mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar