Assalomu alaykum va rohmatulloh! Savolim shundan iboratki: bir qancha vaqt oldin qarindoshimga chetdan apparatlar kerakligini aytdi. Chet tilini bilganim tufayli u apparatlarni qidirib topdim va narxini kelishdim. 80 so'm turadigan apparatni 100 so'm deb qarindoshimga aytdim (chunki u apparatni to qarindoshimning qo'ligacha olib kelib berish mening bo'ynimda edi, shu uchun ancha vaqtim va harakatim ketdi, undan tashqari apparat bo'yicha nimadir muammo chiqsa, o'zim hal qilib berardim). Shu tarzda ancha vaqt apparat olib keldik, men shu vaqt mobaynida ozroq pul ishlab oldim. Qarindoshim bilan qanchadir haq evaziga olib kelib beraman degan kelishuv bo'lmagan (faqat orada 1-2 marta ozroq pul bergan, tamom). Tovar ustiga qanchadir pul qo'yib olib kelganman deb aytish noqulay, chunki qarindoshim. Shu topgan pulim menga halol bo'ladimi?
Va alaykum assalom! Siz bu vaziyatda sotuvchi emas, balki vakil bo'lganingiz uchun tovarni asl narxida topshirishingiz lozim edi, narxni yashirincha oshirish esa omonatga xiyonatdir. Mehnat va xarajatlaringiz uchun oldindan kelishilgan holda xizmat haqi olishingiz joiz edi, ammo yolg'on bilan topilgan foyda halol bo'lmaydi. Shu sababli, olgan ortiqcha pullaringizni egasiga qaytarishingiz yoki vaziyatni tushuntirib, uning roziligini olishingiz shart. Vallohu a'lam.