TOSH VA DONGA "TAHLIL" AYTIB SANDIQDA SAQLASH

ID: 11298

29.04.2026

505

Savol:

Bizning qishloqda shunday odat bor. Insonning vafotidan so'ng yordam beradi degan e'tiqodda tosh yoki donlarga "tahlil" aytib, ularni xaltaga solib sandiqda saqlashar ekan, bu bor narsami?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda "tahlil toshi" haqida, xususan mayda toshlarning har bittasiga tahlil aytib, "suf" deb chiqish haqida biror ko'rsatma yo'q. Sunnatda bori dafn davomida qabr yoniga kelib, bosh tomonidan uch marta tuproq sochishdir. Bu haqda avval batafsil javob berilgan (https://t.me/diniysavollar/320).

Юrtimizning aksar joylarida mayyitning haqqiga tahlil aytish vaqtida sanash uchun toshlardan foydalanadilar va toshlarni qabrga ko'mib юboradilar. Hatto, ba'zi hududlarda toshlar mayyitning foydasiga guvohlik beradi, degan noto'g'ri e'tiqod ham shakllanib qolgan. Lekin, aslida, xuddi shu tahlil aytishda tasbehlardan ham foydalanish mumkin.

Dinimiz tahlil aytishda foydalanilgan toshlarni qabrga ko'mishga buюrmagan. Toshlarda hech qanday fazilat yo'q, ular sanashga vosita, xolos. Asosiysi mayyit uchun aytilgan tahlil va istig'forlardir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar