Peshindan avvalgi to‘rt rakat sunnatni bo‘lib-bo‘lib, ikki rakat ikki rakat qilib o‘qisa ham bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Peshin namozidan avval bir salom bilan, ya’ni birdaniga to‘rt rakat o‘qish sunnati muakkada hisoblanadi.
Sunani Ibn Moja va sunani Abu Dovudda shunday rivoyat keladi:
عن أبي أيوب أن النبي صلي الله عليه وسلم كان يصلي قبل الظهر أربعا إذا زالت الشمس لا يفصل بينهن بتسليم وقال إن أبواب السماء تفتح إذا زالت الشمس
Abu Ayyubdan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zavol (quyosh tikkadan og‘gan)dan keyin peshindan avval to‘rt rakat namoz o‘qib, orasini salom bilan ajratmas edilar. "Quyosh tikkadan og‘ganda osmon eshiklari ochiladi" deganlar.
( وَسُنَّ ) مُؤَكَّدًا ( أَرْبَعٌ قَبْلَ الظُّهْرِ وَ ) أَرْبَعٌ قَبْلَ ( الْجُمُعَةِ وَ ) أَرْبَعٌ ( بَعْدَهَا بِتَسْلِيمَةٍ ) فَلَوْ بِتَسْلِيمَتَيْنِ لَمْ تَنُبْ عَنْ السُّنَّةِ
Peshindan avval, jum’adan avval va keyin bir salom bilan to‘rt rakat namoz o‘qish sunnati muakkadadir. Agar ikki salom bilan o‘qilsa, mazkur sunnat amalga oshmaydi ("Durrul muxtor" kitobi). (Ya’ni savolda so‘ralganidek ikkiga bo‘lib o‘qib bo‘lmaydi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.