Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Savolim bor. Tahorat olganda yoki olishdan oldin istibro qilinadi. Shunda tomchi peshob bo'lsa ham tahorat buziladi, namoz to'kis ado bo'lmaydi deb eshitdim. Agar shunday peshob tomchi chiqsa, namoz vaqtida qaltis harakat qilganda qanday yo'l tutish kerak? Doimiy, tez-tez shunday bo'lsa, bir namozdan ikkinchi namozga tahorat ushlash mumkinmi yoki har namozda tahorat olish kerakmi? Ishxona sharoitlarida tahorat uchun 1 yoki 2 marotaba imkon bor. Ish jadal ketadi. Ko'p hollarda tezda namozlarni o'qishga, tahoratni ushlab turishga majbur bo'lib qolamiz. Hadeb tahorat qilishga vaqt ketib qoladi. Ishlab chiqarishda, to'xtovsiz ishda ishlaymiz (zavod). Shunga to'liq javob olmoqchiman. Umumiy qilib tushuntirib bering: kasallik bo'lgan holda qanday yo'l tutiladi? Yana, masalan, peshobni ushlab turish muammosi vaqtlar uchun (doimiy bo'lmasa). Peshobni ushlab turolmasa (kasallik), masalan, unda ichki kiyim masalasi ham savol bo'lib qolmoqda. Shunga oydinlik kiritib bering.
Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Avvalo shuni bilingki, toki peshob chiqqanini aniq ko'rmaguningizcha yoki sezmaguningizcha, quruq gumon yoki shubha bilan tahorat singan deb hisoblanmaydi. Bu masalada vasvasaga tushib qolishdan ehtiyot bo'lish lozim. Agar bu holat haqiqiy kasallik bo'lib, bir namoz vaqti davomida peshob to'xtovsiz kelsa, siz «sohibi uzr» sanalasiz. Unga ko'ra, har namoz vaqti uchun bir marta tahorat olasiz va bu vaqt ichidagi oqqan najosat namozga monelik qilmaydi. Bordiю bu kasallik darajasida bo'lmay, goh-gohidagina kelib tursa, u holda qayta tahorat olish va ichki kiyimdagi najosat dirham miqdoridan oshsa uni юvish lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.