TISHGA PLOMBA QO'YILGAN BO'LSA

ID: 6940

03.02.2026

278

Savol:

Savolim shuki men tishimga qoplama(blomba) qo'ydirganman lekin qo'ydirishdan oldin tahorat qilib olmagan edim. Hozir shu qoplamali tishim bilan g'usl qilib namoz o'qisam bo'ladimi nima qilishni bilmayapman

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo'yishni joiz deyishgan. Чunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo'lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo'ydirgandan keyin tahorat yoki g'uslda og'zini chayqaganda qoplangan tishning ustini юvish ostini юvish o'rniga o'tadi. Чunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog'lash vaqtida tahoratli bo'lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar