Assalomu alaykum. Men bu borada yozilgan javoblarni o'qib chiqdim, you tubedan ham savol javoblar ko'rdim. Men oldi tishlarimning orasi ochiqligi bois karonka qo'ydirganman , lekin aniq bilmayman u paytda g'usulli yoki tahoratli bo'lganimni . You tubeda bir domlamiz g'usl va tahoratli bo'lgan bo'lish shart emas debdilar , lekin bir boshqa domlamiz g'uslli holda bo'lish shart degan ekanlar shunga endi ikkilanib qoldim. Vas vas bo'lyapman agar junub yoki hayz holatda karonka qo'ydirgan bo'lsa nima qilish kerak . Javobingiz uchun oldindan rahmat .
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo‘yishni joiz deyishgan. Chunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo‘lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo‘ydirgandan keyin tahorat yoki g‘uslda og‘zini chayqaganda qoplangan tishning ustini yuvish ostini yuvish o‘rniga o‘tadi. Chunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog‘lash vaqtida tahoratli bo‘lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a’lam.