Assalomu alaykum. 1. Tishlarimda bir nechta plomba bor. Ulardan bittasi yaroqsiz holga kelgani sababli uni oldirib, qayta qildirmoqchiman. Stomatolog tishimni tozalayotganda chiqadigan qon orqali tahorat buzilsa va shu holatda tishim plombalansa, bundan keyingi qilgan tahorat va g'usllarim hisoblanmaydimi? 2. Oldin qildirgan plombalarimning hukmi qanday bo'ladi? 3. Singlim tishiga breket qo'ydirgan. Bu breketlar olingandan keyin ham tishning ichki qismiga temir doimiy qotirib qo'yilar ekan. Bu holda singlimning g'usl va tahoratining hukmi qanday bo'ladi? Shu mavzularda to'liqroq javob berishingizni so'rayman.
Vaalaykum assalom. 1. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo'yishni joiz deyishgan. Чunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo'lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo'ydirgandan keyin tahorat yoki g'uslda og'zini chayqaganda qoplangan tishning ustini юvish ostini юvish o'rniga o'tadi. Чunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog'lash vaqtida tahoratli bo'lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi).
Avvalgi qo'ydirgan plombalaringizning hukmi ham юqoridagi kabidir. Ular davolanish maqsadida qilingani uchun shar'an uzrli hisoblanadi. G'usl va tahorat paytida og'iz chayqaganingizda suv plomba ustiga tegishining o'zi kifoya qiladi va ibodatlaringiz durust bo'ladi.
Singlingizning tishidagi breket va undan keyin doimiy qo'yiladigan simlar ham tishni to'g'rilash va davolash zaruratiga kiradi. Ularni har tahorat yoki g'uslda echib-taqish imkonsiz va mashaqqatli bo'lgani sababli, ulamolar suvning o'sha moslamalar ustiga va ularning orasiga etishini etarli deb fatvo berganlar.
Vallohu a'lam.