Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh! Tahorat olayotganimda og'zimni chayqadim. Keyin, oradan ancha vaqt o'tib, hech narsa emagan holimda tishimni юvsam, tish kovagidan qoldiq chiqdi. Savolim shuki, agar tishda juda kichik kovak bo'lsa, g'usl va tahorat o'tadimi? Чunki plomba joyi ochilib qolgan va juda kichik kovak bor. Ikkinchi savolim: oldin dinimiz haqida ko'p narsa bilmasdim va g'uslsiz holatda plomba qilingan tishlarim bor. Endi g'usl va tahoratim o'tadimi? Чunki uning usti yopilgan, internetda esa «agar ignachalik joyga suv etib bormasa, g'usl qabul bo'lmaydi» deb o'qib qoldim. Nima qilishim kerak? G'usl qilib namozlarimni o'qib юrsam bo'ladimi?
Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh! 1) Tahoratda og'iz va burunni юvish sunnat, g'uslda esa farz hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tahoratda tishlarning orasiga biror narsa qolib ketishining zarari yo'q. Agar tishlar orasida qolgan narsa juda kichkina bo'lsa, g'uslda ham zarar qilmaydi. Чunki suv suюq bo'lib, odatda hamma joyga etib boradi. Biroq ehtiyoti g'uslda tishning orasi va kovaklariga kirib qolgan narsani chiqarib tashlash kerak. Чunki g'uslda biror joyga suv etmay qolsa, g'usl mukammal bo'lmay qoladi.
“Fatovoi hindiya” kitobida shunday deyiladi:
وَلَوْ كَانَ سِنُّهُ مُجَوَّفًا فَبَقِيَ فِيهِ أَوْ بَيْنَ أَسْنَانِهِ طَعَامٌ أَوْ دَرَنٌ رَطْبٌ فِي أَنْفِهِ تَمَّ غُسْلُهُ عَلَى الْأَصَحِّ كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ وَالِاحْتِيَاطُ أَنْ يُخْرِجَ الطَّعَامَ عَنْ تَجْوِيفِهِ وَيُجْرِيَ الْمَاءَ عَلَيْهِ هَكَذَا فِي فَتْحِ الْقَدِيرِ
“Agar tishlarining kovagida yoki tishlarining orasida biror taom qolib ketgan bo'lsa, yoxud burnining ichida юmshoq (suюq) kir bo'lsa, sahihroq gapga ko'ra g'usli to'liq bo'ladi. “Zohidiyya”da ham shunday. Biroq ehtiyoti qolib ketgan narsani tishining kovagidan chiqarib tashlab, u erga suvni etkazish kerak. “Fathul qodir”da ham shunday kelgan”.