TISH KAVLAGANDA QON CHIQSA TAHORAT SINADIMI?

ID: 114

04.04.2025

1034

Savol:

Tishim kovagini tish tozalagich bilan tozalaganimda uning uchi qon bo‘lib chiqadi. Lekin tuflab ko‘rsam, tufugimda qon g‘olib kelmaydi. Shunday holatda tahorat sinadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yo‘q, bu holatda tahorat sinmaydi. Bu borada “Javharatun-nayyira” kitobida shunday deyiladi: 

وَلَوْ عَضَّ شَيْئًا فَوَجَدَ فِيهِ أَثَرَ الدَّمِ أَوْ اسْتَاكَ فَوَجَدَ فِي السِّوَاكِ أَثَرَ الدَّمِ لَا يُنْقَضُ مَا لَمْ يَتَحَقَّقْ السَّيَلَانُ وَلَوْ تَخَلَّلَ بِعُودٍ فَخَرَجَ الدَّمُ عَلَى الْعُودِ لَا يُنْقَضُ إلَّا أَنْ يَسِيلَ بَعْدَ ذَلِكَ بِحَيْثُ يَغْلِبُ عَلَى الرِّيقِ

ya’ni: "Agar biror narsani tishlasa va o‘sha narsada qon asarini ko‘rsa yoki misvok ishlatsa va misvokda qon asarini ko‘rsa, modomiki, qon oqishi ro‘y bermasa, tahorati sinmaydi. Shuningdek, tishini biror narsa bilan xilol qilsa, ya’ni oralarini tozalasa va ana shu kavlagan cho‘piga qon chiqsa, tahorati sinmaydi. Magar, kavlaganidan keyin qon oqib, tufugidan g‘olib kelsa, shundagina tahorati sinadi" ("Javharatun-nayyira" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar