Farzandimni tishini toʻgʻrilatgani sim (brisket) qoʻydirgan edik hozir toʻgʻrilanib simni olib tashladi lekin yopishtirgan narsasi tishida qolib ketgan shunda tahorat va gʻusl oʻtadimi javobingiz uchun oldindan rahmat
Bismillahir rohmanir rohim. Agar briketni yopishtirish uchun yelim ishlatilgan bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan darajada qalin surilgan bo‘lsa avvalo shu yelimlarni ketkazib, so‘ngra g‘usl, tahorat qilish kerak bo‘ladi. Bu haqda yanada aniqroq javobni ushbu havola orqali olishingiz mumkin: https://t.me/diniysavollar/9135 . Vallohu a’lam.