TIRNOQ TO‘G‘IRLAYDIGAN

ID: 2809

25.09.2025

110

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatulloh Hozirgi kunda ichiga o'sayotgan oyoq tirnog'ini to'g'rlaydigan plastmasadan yasalgan narsa chiqdi, Shuni oyoqdagi tirnoqning ikki o'sayotgan tafiga kirgiziladi savolim shuki: shu narsani oyoqqa o'rnashtirgan holda tahorat olsa joiz bo'ladimi? Tiroqning ikki yon tarafini ichiga suv kirishi vojibmi? Oldindan rahmat

Javob:

Agar tirnoqqa o‘rnatilgan plastmassani olib qo‘yish mumkin bo‘lsa va bu davolanish jarayoniga zarar yetkazmasa, uni yechib tahorat qilish lozim. Bordi-yu, uni olish qiyinchilik tug‘dirsa yoki muolajaga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, u "jabira", ya’ni jarohat ustidagi bog‘lam hukmida bo‘ladi. Bu holatda uning ustidan mash tortish ham kifoya qiladi va ostiga suv yetkazish shart emas, shu bilan tahorat mukammal bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar